Maxfiylik siyosati
Kuchga kirgan sana: 2026-yil 17-oktabr
SmartJadval (edujadval.uz) universitet va institutlar uchun dars jadvalini tuzish va e'lon qilish platformasi.
Bu sahifada platforma qanday ma'lumot yig'ishi, undan nima uchun foydalanishi va uni qanday himoya qilishi yozilgan.
1. Qanday ma'lumotlar yig'iladi
- Xodimlar hisoblari (Super Admin, fakultet operatori, kafedra mudiri): login, F.I.Sh., rol va ixtiyoriy email.
Parol faqat qaytarib bo'lmaydigan shifr (bcrypt xesh) holida saqlanadi — uni hech kim, platforma egasi ham ko'ra olmaydi.
- Google orqali kirish (xodimlar uchun): Google tasdiqlagan faqat email manzilingiz olinadi
(ruxsat doirasi:
openid, email). Google parolingiz, pochta xatlaringiz, kontaktlaringiz yoki
boshqa Google ma'lumotlaringiz olinmaydi va ularga kirish huquqi so'ralmaydi.
- Kirish xavfsizligi: kirish vaqti, IP manzil, brauzer va qurilma turi, IP bo'yicha taxminiy joylashuv
(davlat, shahar, internet provayderi) hamda muvaffaqiyatsiz urinishlar.
- Saytdagi faoliyat: qaysi bo'lim ochilgani va qanday o'zgarish qilingani (audit jurnali).
- O'qituvchilar: login, F.I.Sh. va kirish tarixi.
- Talabalar uchun ochiq jadval: ro'yxatdan o'tish talab qilinmaydi. Ko'rishlar statistikasi uchun
qisqartirilgan IP (oxirgi qismi nolga almashtiriladi), taxminiy joylashuv va brauzer turi yoziladi.
Tanlangan guruh faqat sizning brauzeringizda saqlanadi.
- O'quv ma'lumotlari: fakultet, kafedra, guruh, o'qituvchi, fan, xona va o'quv yuklamasi — ularni universitet o'zi kiritadi.
2. Ma'lumotlar nima uchun ishlatiladi
- Tizimga kirish va sessiyani yuritish.
- Xavfsizlik: begona kirishni aniqlash va to'xtatish. Har bir xodim hisobi o'z Gmail akkauntiga bog'lanadi —
parolni bilgan begona odam boshqa Gmail bilan kira olmaydi.
- Dars jadvalini tuzish, tekshirish va talaba hamda o'qituvchilarga e'lon qilish.
- Xatolarni tuzatish va platformadan foydalanish statistikasi.
Ma'lumotlar sotilmaydi, reklama uchun ishlatilmaydi va reklama tarmoqlariga berilmaydi.
3. Google foydalanuvchi ma'lumotlari
Google'dan olingan email manzili faqat kirishni tasdiqlash, hisobni shu Gmail'ga bog'lash va kirish tarixida
ko'rsatish uchun ishlatiladi. U uchinchi tomonlarga berilmaydi, reklama uchun yoki sun'iy intellekt modellarini
o'qitish uchun ishlatilmaydi. SmartJadval'ning Google API'laridan olingan ma'lumotlardan foydalanishi
Google API Services User Data Policy,
jumladan "Limited Use" talablariga mos keladi.
Ruxsatni istalgan vaqtda myaccount.google.com/permissions
sahifasida bekor qilishingiz mumkin (shundan keyin xodim sifatida tizimga kira olmaysiz).
4. Ma'lumotlarni kim ko'radi
- Kirishlar tarixi, Gmail manzillari va joylashuv — faqat platforma egasi (developer).
- Universitet Super Admin'i — o'z universitetidagi foydalanuvchilar va amallar jurnalini (Gmail manzillarisiz).
- Ochiq jadvalda — faqat dars ma'lumoti: fan, o'qituvchi ismi, xona va vaqt.
5. Foydalaniladigan tashqi xizmatlar
- Vercel — sayt joylashgan server (hosting).
- Neon — ma'lumotlar bazasi (Yevropa, Frankfurt).
- Google — xodimlar kirishini tasdiqlash.
- ip-api.com — IP bo'yicha taxminiy joylashuvni aniqlash (unga IP manzil yuboriladi).
- Sun'iy intellekt yordamchisi (Google Gemini yoki Anthropic Claude) — faqat yordamchiga yozilgan savol va unga
javob berish uchun kerakli jadval ma'lumotlari yuboriladi. IP manzil va qurilma ma'lumoti yuborilmaydi.
6. Cookie va brauzer xotirasi
Kirish uchun xavfsiz sessiya cookie'lari (HttpOnly) ishlatiladi. Brauzer xotirasida faqat sozlamalar saqlanadi:
kunduzgi/tungi rejim, tanlangan guruh va shu kabilar. Reklama yoki kuzatuv cookie'lari yo'q.
7. Saqlash muddati
- Ochiq jadval ko'rishlari — standart bo'yicha 90 kun, keyin avtomatik o'chiriladi (universitet muddatni o'zgartirishi mumkin).
- Kirish va faoliyat tarixi xavfsizlik uchun saqlanadi; hisob o'chirilgandan keyin ham xavfsizlik tarixi saqlanib qolishi mumkin.
8. Himoya
Barcha aloqa HTTPS orqali shifrlanadi. Parollar bcrypt bilan shifrlanadi, sessiya tokenlari qisqa muddatli,
har bir rol faqat o'ziga ruxsat berilgan ma'lumotni ko'radi, parol tanlab topishga urinishlar bloklanadi.
9. Huquqlaringiz
Siz o'zingiz haqingizdagi ma'lumotni ko'rish, tuzatish yoki o'chirishni so'rashingiz mumkin. Buning uchun
universitetingiz Super Admin'iga yoki to'g'ridan-to'g'ri bizga murojaat qiling.
10. Aloqa
Savol va murojaatlar uchun: nuraddinovsarvarbek05@gmail.com
11. O'zgarishlar
Siyosat o'zgarsa, shu sahifa yangilanadi va yuqoridagi sana o'zgaradi.